Toʻqqizta OTMga qoʻshimcha kvotalar berildi. Ular qaysilar?

12:49 22 Sentyabr 2018 Jamiyat
962 0

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2018 yilda 17 sentyabrdagi 9-sonli bayoni bilan 9 ta oliy taʼlim muassasasiga 2018/2019 oʻquv yili uchun qabuli uchun xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida bakalavr va magistrlar tayyorlash boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha qabul kvotalari tasdiqlandi.

Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Bular:

1.Toshkent davlat texnika universiteti – 75 ta (bakalavriat);

2.Toshkent davlat stomatologiya instituti – 60 ta (bakalavriat);

3.Toshkent kimyo-texnologiya instituti – 20 ta (magistratura);

4.Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti – 10 ta (magistratura);

5.Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti – 25 ta (bakalavriat);

6.Milliy rassomlik va dizayn instituti – 20 ta (bakalavriat);

7.Namangan muhandislik-texnologiya instituti – 60 ta (bakalavriat);

8.Namangan muhandislik-qurilish instituti – 60 ta (bakalavriat);

9.Andijon mashinasozlik instituti – 90 ta (bakalavriat – 80 ta, magistratura – 10 ta).

Qoʻshma taʼlim dasturlari asosida bakalavriat va magistraturaga abituriyentlardan hujjatlar 2018 yil 25 sentyabrgacha qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari oliy taʼlim muassasalari tomonidan 2018 yil 28-30 sentyabr kunlari oʻtkaziladi.

Oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun oʻqish istisno tariqasida 2018 yilning 2 oktyabridan boshlanadi.

Kirish sinovlari natijasi boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida qoʻshma taʼlim dasturlarida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarga toʻlov-kontrakt shartlarini bajarishning oxirgi muddati 2018 yil 31 oktyabr etib belgilandi.Illyustrativ foto


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?