Toʻqqiz oyda Oʻzbekistonga Rossiyadan 350 ming nafar sayyoh kelgan

18:13 13 Noyabr 2018 Iqtisodiyot
573 0

Joriy yilning yanvar — sentyabr oylarida Oʻzbekistonga Rossiyadan 350 ming sayyoh kelgan. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobar koʻpdir.

Bu haqda Oʻzbekistonning Rossiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov Novosibirskda Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyati taqdimotiga bagʻishlangan tadbirda aytib oʻtdi.

“Joriy yilning oʻtgan toʻqqiz oyida Oʻzbekistonga jami 3,9 millionga yaqin sayyoh keldi. Shundan 350 ming nafari Rossiya fuqarolaridir. Oʻtgan yilning mazkur davrida bu koʻrsatkich 270 ming nafarni tashkil etgan edi”, deydi elchi.

Umuman, 2017 yilda Oʻzbekistonga 1,9 million nafar sayyoh tashrif buyurgan.

Botirjon Asadovning taʼkidlashicha, Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan ishlarning samarasi oʻlaroq mana shunday natijalar kuzatilyapti. Masalan, joriy yilning yanvar — sentyabr oylarida Oʻzbekistonda 190 ta yangi tur operatori ish boshlagan.

Bundan tashqari, viza rejimini sezilarli darajada soddalashtirdi. Masalan, 101 davlatning fuqarolari Oʻzbekistonda besh kun vizasiz boʻlishlari mumkin. Bundan tashqari, 17 mamlakat fuqarolari Oʻzbekistonga vizasiz kirishlari mumkin. Ular orasida Rossiya fuqarolari ham bor.

“Oʻzbekiston parlamentining delegatsiyasining Moskvaga tashrifi doirasida parlamentarlarimiz xalqaro hamkorlikning istiqbollarini muhokama qilishdi. Bundan turizm sohasiga ham eʼtibor qaratildi. Masalan, bolalar turizmiga oid gʻoyalar ilgari surildi. Oʻzbekiston bolalar dam olish uchun katta imkoniyatlarga ega”, - deydi Botir Asadov.

Oʻz navbatida, Novosibirsk viloyati iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari Olga Molchanova mazkur sohada ikki tomon ham ulkan salohiyatga egaligini taʼkidlab, tovar ayirboshlash hajmini oshirish borasida katta imkoniyatlarga borligini aytib oʻtdi.

Uning soʻzlariga koʻra, bu yerda oʻzbek matolari, sabzavotlari va mevalariga qiziqish katta. Novosibirsk esa Oʻzbekistonga oʻsimliklarni himoya qilish vositalari va tibbiy texnika vositalari yetkazib berishga tayyor.

“Oʻzbekiston boʻylab sayohat” loyihasi doirasida Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyati taqdimoti, shuningdek, Yekaterinburg, Ufa va Qozon shaharlarida ham oʻtkaziladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?