Toʻqqiz mamlakat prezidenti Shnobel mukofotiga sazovor boʻlishdi

11:55 19 Sentyabr 2020 Dunyo
383 0

Koronavirus pandemiyasi tufayli toʻqqiz mamlakat prezidentlari Shnobel mukofotiga sazovor boʻlishdi.

30-mukofotlash marosimi “Improbable” portalida namoyish etildi.

Unga koʻra, AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Braziliya, Belorussiya, Hindiston, Meksika, Turkiya hamda Turkmaniston rahbarlari “Tibbiy taʼlim” nominatsiyasi boʻyicha ushbu mukofotning laureatiga aylanishgan.

Taʼkidlanishicha, yuqorida nomlari keltirilgan davlat rahbarlari ushbu mukofotni “dunyoga pandemiya sharoitida siyosatchilar hayot va oʻlimga olimlar hamda shifokorlarga qaraganda kuchliroq taʼsir qilishi mumkinligini oʻrgatgani” uchun olishgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?