Tonirovka qilishga ruxsat berilgan mashinalar toifalari kengaytirildi

21:49 09 Oktyabr 2020 Iqtisodiyot
431 0

Hukumatning tegishli qarori bilan, oynalarining tusini qoraytirishga ruxsat berilgan avtotransport vositalari roʻyxati kengaytirildi.

Jumladan, N1 va N2 toifaga oid yuk tashuvchi avtotransport vositalari uchun ham orqa yon (cheklanmagan) hamda old yon (50%dan kam boʻlmagan) oynalarining tusini qoraytirishga ruxsat berildi.

Maʼlumot uchun:

N1 va N2 toifasi — yuk tashish uchun moʻljallangan, biri eng katta vazni 3,5 tonnagacha hamda ikkinchisi 12 tonnagacha boʻlgan avtotransport vositalaridir.

Ilgari faqat yengil avtomobillarga oynasining tusini qoraytirishga ruxsat etilgan edi.

Shuningdek, ilgari avtobus, mikroavtobus va minivenlarga faqatgina turistik yoʻnalishlarda yoʻlovchi tashish faoliyatini amalga oshirsagina oynalarini qoraytirishga ruxsat berilgan edi. Bugundan boshlab qanday faoliyatni amalga oshirishidan qatʼi nazar, M2, MZ toifaga oid III klass avtotransport vositalarining barchasiga yon oynalarining tusini yorugʻlik oʻtkazuvchanligi 50%dan kam boʻlmagan darajada qoraytirishga ruxsat berildi.

Maʼlumot uchun:

III klass M2 toifasi — faqat oʻtirib ketish uchun moʻljallangan, yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan, haydovchining oʻrindigʻidan tashqari oʻrindiqlar soni 8 tadan ortiq va eng katta vazni 5 t gacha boʻlgan avtotransport vositalari boʻlsa, M3 toifasi xuddi shuning eng katta vazni 5 t dan koʻp boʻlgan avtotransport vositalaridir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?