Tomdi tumanida ham ”Isteʼmolchi kutubxonasi” barpo etiladi

09:10 04 Noyabr 2019 Jamiyat
169 0

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov hamda Navoiy viloyati, Tomdi tuman hokimi Qayrat Aldabergenov ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.Federatsiya raisi va tuman hokimi Federatsiya tomonidan Tomdi tumanida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida ushbu yoʻnalishda qilinishi zarur boʻlgan rejalar xususida, shuningdek, “Isteʼmolchi kutubxonasi“ning qurilishi yuzasidan fikr almashishdi. 

Tomdi tumani aholisini isteʼmolchi sifatida qiynayotgan muammolar samimiy uchrashuv davomida qizgʻin muhokama etildi. Viloyat markazi Navoiy shahridan bir necha chaqirim olisda boʻlgan Tomdi tumani aholisi, jumladan yoshlarning bilim olishi uchun sharoit yaratish maqsadida “Isteʼmolchi kutubxonasini” Tomdi tumanida ham qurish taklifini Federatsiya raisi Jahongir Sarimsoqov uchrashuv davomida ilgari surdi. Tuman hokimi Qayrat Aldabergenovning ushbu taklifni qoʻllab-quvvatlashi esa tomdiliklar uchun barcha sharoitlarga ega ilm maskani qurilishiga asos boʻladi. Zero har bir tuman rahbari bugun qiladigan ezgu ishlari yillar davomida insonlar hayotini yaxshilashga xizmat qilmogʻi lozim.

Uchrashuv davomida tuman hokimi Federatsiya tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi va fuqarolarning isteʼmolchilik madaniyatini oshirish yuzasidan amalga oshiriladigan barcha loyihalarda hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?