Tomas Bax: Sport hayotni qutqarishi mumkin

14:30 25 Iyun 2020 Sport
274 0

Xalqaro olimpiya qoʻmitasi BMT va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda dunyoda COVID-19 bilan bogʻliq ogʻir vaziyatda odamlar salomatligini asrash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bagʻishlab onlayn uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Onlayn uchrashuvda Xalqaro olimpiya qoʻmitasi prezidenti Tomas Bax COVID-19ni yengib oʻtish va insoniyatni undan asrashda sportning ahamiyati haqida gapirdi.

— Sport insoniyatni, hayotimizni qutqarishi mumkin, dedi u. — Keyingi bir necha oyda salomatlik va farovonlik uchun sport hamda jismoniy faollikning muhimligini yana-da teranroq angladik. BMT va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda ish olib borish orqali oldinga yana bir qadam qoʻyamiz. Xalqaro olimpiya qoʻmitasi insonlarni birlashishga, salomat boʻlishga daʼvat qiladi”.

Oʻz navbatida, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adxanom Gebreisus Xalqaro olimpiya qoʻmitasi prezidentining fikrlarini eʼtirof etdi.

— Xalqaro olimpiya qoʻmitasi bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz, — dedi Tedros Adxanom Gebreisus. — Olimpiyachilar COVID-19 bilan kurashishga qodir. Boshqa odamlar ham shunday matonatli boʻlishlari uchun sogʻlom turmush tarziga amal qilishlari kerak.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?