Toʻlovlarni chetlab oʻtishga boʻlgan urinishlar naf bermadi

14:11 16 Dekabr 2019 Jamiyat
352 0

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Toshkent-tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan masʼuliyati cheklangan jamiyat nomiga xorijdan temir yoʻl konteynerlarida kelgan yuklarni bojxona koʻrigidan oʻtkazish davomida bojxona yuk deklaratsiyasida hamda yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan umumiy qiymati salkam 300 million soʻmlik 37,9 ming dona perforator uchun bur va 8100 dona olmosli disklar borligi aniqlandi. Bu haqda DBQ xabar berdi.

Yana bir shunga oʻxshash holatda, “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan korxona nomiga keltirilgan “Tikuv mashinasi, sunʼiy charm, trafaret uchun uskunalar” tovarlari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganda bojxona yuk deklaratsiyasida hamda yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan umumiy qiymati 50 million soʻmlik 5 dona “sovutgich”lar borligi aniqlandi.

Shuningdek, “Ark buloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan toʻrtta korxona nomiga kelgan tovarlar bojxona yuk deklaratsiyasi hamda yuk kuzatuv hujjatlari asosida bojxona koʻrigidan oʻtkazilganda hujjatlarda koʻrsatilganidan ortiqcha boʻlgan 66,7 million soʻmlik tovar moddiy boyliklari borligi maʼlum boʻldi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?