Tollimarjon issiqlik elektr stansiyasini xususiylashtirish konsepsiyasi muhokama etildi

14:21 01 Iyul 2019 Iqtisodiyot
326 0

Joriy yilning 30-iyun kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Birlashgan Arab Amirliklarining “Mubadala Utilities” kompaniyasi rahbariyati, Osiyo taraqqiyot banki hamda Energetika vazirligi vakillari ishtirokida muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Kun tartibidagi masala joriy yilning mart oyida BAAga oliy darajadagi tashrif doirasida erishilgan shartnomalar doirasida Tollimarjon IESni xususiylashtirish boʻldi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv davomida elektrostansiyalarni xususiylashtirish va uning quvvatini yanada oshirish konsepsiyasi taqdim etildi, shuningdek, mavjud huquqiy shartnomadagi kelishuv va loyihalarni amalga oshirishning moliyaviy mexanizmlari ishlab chiqildi. Konsepsiya elektrostansiyaning ish faoliyati va texnik parametrlarini batafsil oʻrganish maqsadida delegatsiyaning Tollimarjon IYESga oldingi ishchi tashrifi davomida olingan maʼlumotlar asosida ishlab chiqilgan.

Muzokaralar yakunida tomonlar kelgusidagi hamkorlikning asosiy masalalari boʻyicha yakdil fikrga kelishdi.

2019-yil oxirigacha investitsiyaviy shartnoma imzolanishi rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?