Tolibonlar qamoqxonasidan 61 kishi ozod etildi

14:15 03 Avgust 2018 Dunyo
534 0
Foto: golos.ua

Kecha tunda Afg‘oniston hukumat harbiylari “Tolibon” guruhi qamoqxonasidan 61 kishini ozod etdi. Bu haqida TOLOnews xabar berdi.

“Afg‘on maxsus kuchlari bo‘linmasi payshanba kuni tunda Gilmend muzofoti Kajaki shahrida o‘tkazilgan amaliyot chog‘ida toliblar qamoqxonasidan 61 kishini ozod etdi”, - deya ma’lum qilgan ushbu bo‘linma qo‘mondoni Muniba Amiriy.

“Sinxua” agentligi ma’lumotiga ko‘ra, qamoqxona qamali chog‘ida “Tolibon” harakatining yetti nafar jangarisi ham qo‘lga olingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?