“Tolibon” harakati harbiy asirlarni ozod qiladi

11:37 13 Iyun 2018 Dunyo
941 0

“Tolibon” radikal harakati Ramazon oyi yakunlanishi bilan bog‘liq muqaddas kunlarda hukumat qo‘shinlaridan asirga tushgan barcha harbiy xizmatchilarni ozod qilmoqda.

“Kelajakda o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga erishish uchun toliblar va hukumat o‘rtasida asirlarni almashish o‘zaro ezgu intilish hamda ishonchni mustahkamlaydi”, - deydi ushbu voqeaga munosabat bildirgan “Tolibon” harakatining sobiq a’zosi Nazar Muhammad Mutmayon.

Ariana News axborot agentligining yozishicha, Afg‘oniston mudofaa vazirligi esa hozir asosiy e’tibor toliblar bilan o‘t ochishni to‘xtatishga qaratilayotganini ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, asirlarni normal hayotga qaytarish choralari ko‘riladi.

Biroz oldin Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani 11 iyundan boshlab o‘zaro o‘t ochish to‘xtatilganini bildirganidan so‘ng “Tolibon” harakati ham uch kunlik yarashuv e’lon qilgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?