“Tolibon” harakati bilan koʻp tomonlama muzokaralar keyinga qoldirildi

Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani “Tolibon” harakati vakillari ishtirokidagi koʻp tomonlama muzokaralar keyinga qoldirilganini maʼlum qildi. Bu haqda Reuters Afgʻoniston rahbari matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.
Maʼlumot uchun, ushbu koʻp tomonlama muzokaralar shu yil 4 sentyabr kuni Moskva shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi. Rossiya Afgʻoniston masalasiga bagʻishlangan mazkur uchrashuvga 12 ta davlatni taklif qilgandi. Keyinchalik AQSH, Afgʻoniston rahbariyati hamda toliblar vakillari muzokaralarga kelmasligini bildirdi.
Afgʻoniston prezidenti matbuot xizmati esa Rossiya tomoni muzokaralarni kechiktirishga rozi ekanligi haqida maʼlumot bergan.
Oʻz navbatida Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov telefon orqali Ashraf Gʻani bilan suhbatlashgandan soʻng, uchrashuv boshqa sanaga qoldirilganligi ham tasdiqlandi. Yangi sana diplomatik kanallar orqali kelishiladi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Ko‘p o‘qilganlar
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
- Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.
- Yot andozalar, mavhum gʻoyalar, qurama tillar poytaxtimizning qiyofasi buzilayotganiga qachongacha jim qarab turamiz?
- Toshkent shahrida 2005 — 2011 yillarda hokimlik qilgan Abduqahhor Toʻxtayev 2005 yili “Vuzgorodok”da nima boʻlganini aytib berdi
- Ixtiyor Abdullayev soʻnggi bir yilda ikki ogʻir operatsiyani boshdan kechirgan
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: