“Tolibon” delegatsiyasi Oʻzbekistonga nega keldi?

15:56 08 Avgust 2019 Jamiyat
496 0

Arxiv foto

Bugun, 8-avgust kuni mulla Abdulgʻani Bardar boshchiligidagi “Tolibon” delegatsiyasi Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda “Tolibon”ning Dohadagi siyosiy ofisi rasmiy vakili Suhayl Shaxin maʼlum qildi, deb yozadi kun.uz.

“Bugun mulla Abdulgʻani Baradar boshchiligidagi siyosiy delegatsiya Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahriga tashrif buyurdi. Delegatsiya aeroportda Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev tomonidan iliq kutib olindi”, - deb yozadi Shaxin ijtimoiy tarmoqdagi oʻz sahifasida.

Uning soʻzlariga koʻra, payshanba kuni “Tolibon” delegatsiyasi Oʻzbekistonning yuqori martabali mulozimlari bilan uchrashadi.

“Muzokaralar jarayoni boʻyicha texnik guruhlar tinimsiz ishlayapti. Biz kelajak toʻxtamasligi, hamda hech kim Afgʻonistonga aralashmasligiga harakat qilmoqdamiz”, - deyiladi xabarda.

“Tolibon” delegatsiyasi vakillari bilan Oʻzbekiston ichki ishlar vaziri uchrashishi, ular oʻrtasida muzokaralar oʻtkazilishi kutilmoqda.

Maʼlumot uchun: “Tolibon” delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrif buyurgani haqida Tashqi ishlar vazirligi hozircha hech qanday rasmiy xabar bermadi. Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi ham bu mavzuda sukut saqlamoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?