Tokio Olimpiadasining qoldirilishi XOQga 800 mln. dollarga tushadi

17:33 15 May 2020 Sport
152 0

Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining (XOQ) hisob-kitoblariga koʻra, 1 yilga qoldirilgan Olimpiya oʻyinlari tashkilot uchun 800 million AQSH dollariga tushadi. Bu haqida XOQ prezidenti Tomas Bax maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, bu qayta rejalashtirish hisob-kitoblari boʻyicha xulosaga kelingan birinchi taxmin. Yuqorida koʻrsatilgan mablagʻlarning 150 million dollar miqdoridagi qismi Xalqaro federatsiyalar va Milliy olimpiya qoʻmitalarini zarur moliyalashtirish ishlari uchun ajratiladi.

“Ijroiya qoʻmitasining asosiy eʼtibori “Biz bu yerga boramiz” ishchi guruhi tomonidan taqdim etilgan Tokio oʻyinlari toʻgʻrisidagi hisobotda boʻladi. Undagi mutaxassislar guruh aʼzolari xavfsizligini taʼminlash uchun javob beradi. Ushbu maqsadga erishish uchun biz Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va boshqa manfaatdor tomonlar bilan aloqa oʻrnatmoqdamiz. Biz tashkiliy qoʻmita va Yaponiya hukumati bilan birdammiz. Asosiysi, 2021-yil 23-iyuldan boshlanishi kutilayotgan Olimpiadaning muvaffaqiyatli oʻtishiga shubha qilmaymiz”, – dedi Tomas Bax.

Qolaversa, Bax 800 million AQSH dollari koronavirus inqirozining moliyaviy oqibatlarini bartaraf etishga yordam berishini aytib oʻtdi. XOQ rahbari, shuningdek, agar koronavirusga vaksina topilmaydigan boʻlsa, Olimpiada butunlay bekor qilinishi ehtimoli borligini ham taʼkidladi.

XOQning kelgusi onlayn Ijroqoʻm yigʻilishlari 10-iyun, 15 va 22-iyul kunlari boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?