Tokio gubernatori: Olimpiada oʻyinlarini qoldirish varianti koʻrib chiqilmayapti

13:01 13 Mart 2020 Sport
155 0

Arxiv surat

Yaponiya yozgi Olimpiada oʻyinlarini qoldirish variantini koʻrib chiqmayapti.

Yaponiya 2020-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarini keyinga qoldirish varianti koʻrib chiqilmayapti. Bu haqda Tokio gubernatori Yuriko Koike tayanib TASS xabar tarqatdi.

Joriy yil yozida Yaponiyada boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan Olimpiada oʻyinlari koronavirus tarqalishi sababli bekor qilinishi yoki bir yoki ikki yilga qoldirilishi haqida gap-soʻzlar tarqatilgan edi. Biroq, Yuriko Koike soʻzlariga koʻra, hozirda bu variant koʻrib chiqilmagan.

“Biz manfaatdor dunyo tashkilotlari bilan hamkorlikda Olimpiada oʻyinlariga tayyorgarlikni davom ettiramiz. Tokio Olimpiadani bekor qilish variantini koʻrib chiqmayapti“, degan Tokio gubernatori.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Yaponiyada koronavirus bilan bogʻliq 620 ta holat qayd etilgan. Ushbu infeksiya tufayli 15 kishi hayotdan koʻz yumgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?