Toyloqda 20 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinasi sovgʻa qilindi

17:29 20 Avgust 2020 Jamiyat
163 0

Toyloq tumanida kam taʼminlangan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash, daromad topishlariga koʻmaklashish, yashash sharoitini yaxshilashga qaratilgan keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, pandemiya davrida kam taʼminlangan oilalar holidan xabar olinib, ularga tibbiy va moddiy yordamlar koʻrsatildi. Dori-darmon vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanib turilmoqda. Aksariyati ishga joylashtirildi. Koʻplab oilalarga imtiyozli kreditlar ajratildi.

Ana shunday ezgu ishlarning davomi sifatida bugun 20 nafar kam taʼminlangan, doimiy daromad manbaiga ega boʻlmagan, ishsiz xotin-qizlarga Oʻzbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan tikuv mashinalari sovgʻa qilindi.

— Uch nafar farzandim bor, — deydi Chorvoqtepa mahallasida yashovchi Mahfuza Yoʻldosheva. — Turmush oʻrtogʻim ham, men ham ishsizmiz. Oʻzim tikuvchilikka qiziqaman. Tikish-bichish bilan shugʻullanib, daromad topishni orzu qilardim. Lekin tikish mashinasini sotib olishga imkoniyatimiz yetarli emas edi. Tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi xodimlari oilaviy sharoitimizni oʻrganishganda tikuv mashinasiga ehtiyojimiz borligini aytgandim. Bugun ana shu tikuv mashinasiga ega boʻldim. Bundan quvonchim cheksiz. Buning uchun avvalambor, biz uchun qaygʻurayotgan Prezidentimizga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?