Toʻyga ketayotgan avtomashina YTHga uchradi. Natijada 2 kishi vafot etdi

19:08 04 Sentyabr 2020 Jamiyat
387 0

2020-yilning 4-sentyabr kuni soat 07:00 da 29 yoshli K.A., oʻz boshqaruvida boʻlgan “Toyota” rusumli avtomashinani «Xorazm-Buxoro» A-380 yoʻli boʻylab boshqarib, mazkur yoʻlning Romitan tumani hududidan oʻtgan 324-kilometriga yetganida toʻsatdan avtomashinasi boshqaruvini yoʻqotib, yoʻlning chap tomon qismiga chiqib ketishi natijasida avtomashina agʻdarilib, yoʻl transport hodisasi sodir etgan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Natijada avtomashina haydovchisi K.A. va 33 yoshli yoʻlovchi S.M. hodisa joyida vafot etgan, salonda boʻlgan ikkinchi yoʻlovchi 36 yoshli Sh.R., ogʻir tan jarohati olib, tibbiyot muassasasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar oʻlimiga sabab boʻlgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?