Toʻydan yuk ortib chiqqan haydovchi toʻydan chiqqan mast fuqaroning oʻlimiga sababchi boʻldi

12:35 27 Avgust 2020 Jamiyat
340 0

Joriy yilning 26-avgust kuni soat 00:50larda, Samarqand viloyati Samarqand tumani «Qamchinon» mahallasi, ichki tor koʻchasi, raqamsiz uy oldida yoʻl-transport hodisasi roʻy berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga koʻra, haydovchi, 1993-yilda tugʻilgan F.F. “Zil-1360” rusumli yuk avtomobilini orqaga boshqarayotib, ortida harakatlanib ketayotgan mast holdagi piyoda, 1977-yilda tugʻilgan D.T.ni avtomobilning chap orqa shinalari bilan bosib oʻtib, YTH sodir etgan.

Natijada, 43 yoshli piyoda D.T. olgan ogʻir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan 26-avgust kuni Samarqand tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam oʻlimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, yuk avtomobil haydovchisi ushbu koʻchadagi xonadondan toʻy-hasham jihozlarini ortib ketayotgan, piyoda esa toʻydan mast holda chiqib ketayotgan boʻlgan. Haydovchi bir yil davomida ikki marotaba qoidabuzarlik sodir etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?