Toʻyda portlash. 63 kishi halok boʻldi

19:24 18 Avgust 2019 Dunyo
710 0

Afgʻonistonning Kobul shahrida toʻy paytida sodir etilgan portlash oqibatida kamida 63 kishi halok boʻldi, 180dan ortiq inson jarohatlandi, deb xabar berdi OAV.

Maʼlumotlarga koʻra, poytaxtda boʻlib oʻtayotgan toʻyda kamida ming kishi ishtirok etayotgan edi. Politsiyaning xabarida aytilishicha, qoʻporuvchilik harakati terrorchi-hudkush tomonidan amalga oshirilgan. ISHID terrorchilik guruhi ushbu hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan. Bu haqda “Reyters” xabar qildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?