To’yda ovqatdan zaharlanganlar soni 249 kishiga etdi

14:19 04 Aprel 2018 Dunyo
1238 0

Yaqinda Qirg’izistonning Bishkek shahrida joylashgan “Ala-Too” restoranida o’tkazilgan to’y tadbirida ishtirok etganlar ommaviy zaharlangani haqida xabar tarqalgan edi. “TASS” axborot manbasi mamlakat sog’liqni saqlash vazirligiga tayanib ma’lum qilishicha, zaharlanganlar soni ayni paytga kelib 249 nafarga etgan. 

Dastlab to’y kuni poytaxtda tibbiy yordam so’rab murojaat etgan 204 kishining 138 nafari ushbu respublika infektsion shifoxonasiga yotqizilgan, qolganlari ambulator davolanishga qo’yilgan. 
Keyinchalik Chuy, Issiq-Ko’l va Norin viloyatlarida ham yana 45 kishi tibbiy yordam so’ragan. Ulardan 36 nafari kasalxonalarga yotqizilgan.

Ayni paytda to’yda ishlatilgan mahsulotlar laboratoriya tekshiruvidan o’tkazilayapti. Taxminlarga ko’ra, ommaviy zaharlanishga sabab tovuq va baliq go’shtidan tayyorlangan taomlar bo’lishi mumkin. 
Ushbu voqea yuzasidan jinoiy ish qo’zg’atilgan. Restoran vaqtincha yopilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?