Togʻu toshda bogʻ yaratgan odam

Forishning Yotoq qishlogʻidagi toshloq yerlarni oʻzlashtirib, koʻrkam bogʻ yaratish fikri tugʻilgan lahzadan boshlab Hamza Temirovda halovat qolmadi. Uning niyatini eshitganlarning koʻpchiligi, behuda ishni qoʻying, toshloq yerda nihol koʻkartiraman deb esingiz ketadi, deya uni niyatidan qaytarmoqchi ham boʻlishgandi.
Ammo uning ahdi qatʼiy edi. U yaxshi niyatda ish boshladi. Mana hozir u ekkan nihollar boʻy choʻzib, koʻrkam boqqa aylangan. Hosilini aytmaysizmi, mevalarning taʼmi til yoradi.
— Nafaqaga chiqqach, koʻp yillik orzuimni amalga oshirishga kirishdim, — deydi Hamza Temirov. — Avvaliga tuman oʻrmon xoʻjaligi boʻlimi mutaxassislari bilan maslahatlashdim. Soʻng oʻgʻillarim bilan baqamti Nurota togʻ yonbagʻridan bir gektardan ortiq yerni toshdan tozalab, siljitish imkonsiz metin harsanglar ustiga esa xom tuproq yotqizib, olmaning “Super golden” navidan 120 tup, 50 tup oʻrik, yana shunchadan yongʻoq, gilos, olxoʻri, shaftoli va boshqa mevali daraxt koʻchatlaridan qadadik. Buloq suvidan chelaklab keltirib, koʻchatlar tutib ketgunigacha sugʻordik. Nihollar saratonning jizgʻinak issigʻida qurib ketmasligi uchun ularning ustiga soyabon ham qildik...
Mashaqqat ortida shirin orzular roʻyobi turganini Hamza aka yaxshi biladi. Issiqni issiq, sovuqni sovuq demay yetti yil zahmat chekdi. Mana, endi uning koʻrkam bogʻiga qarab gʻururdan koʻksi zavqqa toʻladi. Hosili belini bukkan daraxtlariga nazar tashlaganida bogʻbon hamma qiyinchiliklarni unutadi.
Togʻ bagʻrida kimyoviy oʻgʻitlarsiz faqat qoʻl mehnati bilan yetishtirilgan mevalarning mazasi tilni yoradi. Bogʻbon har yili ulardan durustgina daromad qiladi. U bu mablagʻni bogʻni yanada kengaytirish, tropik nihollarni keltirib oʻtqazish va koʻpaytirishga sarflamoqda.
Bogʻbon Hamza Temirov bogʻdorchilik sirlarini nabiralari hamda mahallaning sohaga qiziquvchi yoshlariga erinmasdan oʻrgatib keladi. Serhosil navlarni tanlash, ularni qadash, payvandlash, oʻstirish, xullas, meva olguncha bajariladigan barcha yumushlarni oʻzi amalda koʻrsatib beradi.
Nafsilamrini aytganda, bogʻbon orzulagan niyatiga yetdi. U koʻngliga tuggan ezgulik daraxti bugun boʻy koʻrsatdi. Undan nafaqat forishliklar, balki bu yaxshilik amalini eshitgan odam borki, bahramand boʻlmoqda.
Xolnisa RAHMONQULOVA.
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda yana bir yangi yengil avtomobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Narxi 270 mln. soʻmdan boshlanadi (FOTO)
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Iqtisodiyot universiteti besh kunlik taʼlim tizimiga oʻtdi
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- Fargʻonada benzinning narxi oʻn ming soʻmga chiqib ketdi. Savdo faqat naqd pulda amalga oshirilmoqda
- Bosh prokuratura Jahongir Ortiqxoʻjayev boʻyicha bayonot berdi
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
02 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: