TIV Tailand va Qirgʻizistondan keyin Hindistonga borishni rejalashtirayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini ham ogohlantirdi

18:44 13 Mart 2020 Jamiyat
359 0

Oʻzbekistonning Dehli shahridagi Elchixonasi bergan maʼlumotga koʻra Hindiston Hukumatining qarori bilan COVID-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish maqsadida 2020-yilning 13-martidan 15-apreligacha chet el fuqarolariga yangi vizalar berish va avval berilgan vizalarning amal qilishi toʻxtatib qoʻyildi. Bundan diplomatlar va BMT xodimlari mustasno.

Shu bilan birga 2020-yil 15-fevraldan keyin Xitoy, Italiya, Eron, Koreya Respublikasi, Fransiya, Ispaniya va Germaniyaga borgan barcha shaxslar Hindistonga kelishlari bilan 14 kunlik karantinga joylashtiriladilar. Bu haqda TIV maʼlum qildi.

“Shu munosabati bilan Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston fuqarolariga oʻta zarurat boʻlmasa Hindistonga borishdan tiyilib turishni tavsiya qiladi va vatandoshlarimizga mamlakatimizning Dehli shahridagi Elchixonasining telefon raqamlarini eslatib oʻtadi: (+9111) 24670774, 24670775, 24105640“ deyiladi vazirlik xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?