TIV Oʻzbekiston fuqarolarini ogohlantirdi. Qozogʻistonning ikki viloyatida harorat 45-47 daraja issiqqacha koʻtariladi.

18:45 01 Iyul 2019 Jamiyat
210 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi maʼlumotiga koʻra, Qozogʻiston sinoptiklari ogohlantirishicha 1-iyul kuni Qiziloʻrda viloyatida va Turkiston viloyatining ayrim joylarida harorat 45-47 daraja issiqqacha koʻtariladi.

Kuchli jazirama harorat Olmaota, Jambul viloyatlarida, Qoʻstanay va Qaragʻanda viloyatlari ayrim joylarida kutilmoqda. Shuningdek, Qiziloʻrda, Turkiston, Jambil viloyatlarida, Aqtoʻbe, Qoʻstanay, Olmaota viloyatlari ayrim joylarida favqulodda yongʻin xavfi saqlanib qolmoqda.

Shu munosabat bilan Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti Qozogʻistonga yoʻl olgan yoki koʻrsatilgan viloyatlarida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga tegishli ehtiyot choralarini koʻrishni tavsiya qilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti Qozogʻistonda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari zarur hollarda Oʻzbekistonning Nur-Sulton shahridagi elchixonasi (Nur-Sulton, Aqmola, Shimoliy Qozogʻiston, Pavlodar, Qostanay va Qaragʻanda viloyatlari, tel.: +7-717-295-42-52), Aktau shahridagi Bosh konsulxona (Aqtoʻbe, Atirau, Gʻarbiy Qozogʻiston va Mangistau viloyatlari, tel .: +7-729-277-71-17), Olmaota shahridagi Bosh konsulxonaga (Olmaota shahri, Chimkent shahri, Olmaota viloyati, Sharqiy Qozogʻiston, Turkiston, Jambil va Qiziloʻrda viloyatlari, tel.: +7-727-291- 11-78) murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?