Tish ogʻrigʻi stomatolog oʻlimiga sabab boʻldi

11:41 04 Oktyabr 2019 Dunyo
482 0

Rossiyaning Derbent shahrida stomatologni oʻldirishda gumon qilinayotgan erkak qoʻlga olindi. Bu haqda RFning Dogʻiston boʻyicha Tergov qoʻmitasi xabar berdi, deb yozadi Belta.

Hodisa 2-oktyabr kuni taxminan soat ertalabki oltilarda roʻy bergan. Erkak kishi tishi qattiq ogʻriyotganidan shikoyat qilib, yosh shifokordan yordam soʻrab keladi.

Shifokor esa qabul soat sakkizda boshlanishi va shungacha kutib turishni tavsiya qiladi. Ogʻriq shu qadar kuchli boʻlgani uchun erkak kishi bunga javoban pichogʻini olib, stomatologga tashlanadi.

Olingan jarohatlar oqibatida tish shifokori hayotdan koʻz yumgan. Gumondor esa voqea joyidan yashiringan. Butun shahar boʻylab joʻnatilgan fotorobot orqali ushbu erkak qisqa vaqtda ushlangan. U bilan tergovchilar ish olib boryapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?