Time oʻn yillikning eng yaxshi videooʻyinlarini eʼlon qildi

13:56 24 Dekabr 2019 Dunyo
787 0

Time jurnali oʻtgan oʻn yil davomidagi eng yaxshi videooʻyinlar nomini eʼlon qildi. Qayd etish joizki, videooʻyinlari industriyasi 2010-yildayoq milliard dollarga baholangan edi. Oradan oʻn yil oʻtib mazkur yoʻnalish daromadlari hajmi boʻyicha musiqa, televideniye va hatto kino sanoatini ham ortda qoldirib ketdi.

“2010-yillarga kelib u yarim ommaviylik qatlamini yorib chiqib, meynstrimda mustahkam oʻrin egalladi”, -deb yozadi nashr.

Qayd etilishicha, oʻtgan oʻn yilda ota-onalarni videooʻyinlardagi zoʻravonliklar emas, balki Fortnite va Star Wars: Battlefront II kabi servislarga ketayotgan vaqt va pul koʻproq xavotirga solayotgani maʼlum boʻlgan.

Quyida 10 ta eng yaxshi oʻyin nomlari bilan tanishishingiz mumkin:

Grand Theft Auto V (2013).

The Legend of Zelda: Breath of the Wild (2017).

Fortnite (2017).

Dark Souls (2011).

League of Legends (2009).

Pokémon Go (2016).

Minecraft (2009).

The Elder Scrolls V: Skyrim (2011).

Portal 2 (2011).

Disco Elysium (2019)

Nashrning maʼlum qilishicha, GTA V moliyaviy jihatdan barcha vaqtlarning eng muvaffaqiyatli hordiq chiqarish mahsuloti, Dark Souls va League of Legends kibersportning oltin standarti deb topilgan. Pokémon Go esa qoʻshimcha reallik uchun mablagʻ ajratishga undagan birinchi yirik loyiha sifatida eʼtirof etilgan boʻlsa, Portal 2 eng murakkab boshqotirmaga aylandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?