Til - millatning hayotiy qoni — Agripinna Shin barchani til bayrami bilan tabrikladi

17:51 21 Oktyabr 2020 Siyosat
173 0

Maktabgacha taʼlim vaziri Agripinna Shin barchani til bayrami bilan tabrikladi.

"Sizlarni Oʻzbek tili bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Davlat tili xalqimiz birligi va hamjihatligini mustahkamlashning qudratli vositasidir. Til - har bir insonning ona yurtiga boʻlgan muhabbatini, unga daxldorligini his ettiradi, uning madaniy rivojiga hissa qoʻshadi. Aynan shu tilda Alisher Navoiy, Abdulla Qahhor, Abdulla Qodiriylar oʻz ijod asarlarini yaratganlar.

Har bir bolajon ona tilini yoshligidanoq oʻrganishni boshlaydi. Shu tufayli Oʻzbekistonning barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ona tilida soʻzlashuv asoslari yaratilib, uning lugʻaviy boyligini oshirishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqilgan. Kelajakda bolalar ona tili boʻyicha olgan bilimlarini rivojlantirishlari, mukammal oʻrganishlari uchun barcha sharoitlar mavjud.

Biz farzandlarimizni davlat tiliga muhabbat va chuqur ehtirom bilan ulgʻayishlarini, shu qatorda turli xorijiy mamlakatlar tillarini ham oʻzlashtirishlarini istaymiz. Til - millatning hayotiy qoni va xalqning bebaho boyligidir.

Yana bir bor barchani Oʻzbek tili bayrami bilan muborakbod etaman. Yurtimizda hamisha farovonlik va totuvlik boʻlsin", deydi vazir tabrigida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?