Sog‘liqni saqlash vaziri Facebook‘da rasmiy sahifasini ochdi

15:37 06 Iyun 2018 Jamiyat
920 0
Фото: Facebook / Alisher Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov Facebook ijtimoiy tarmog‘ida o‘zining rasmiy sahifasiga ega bo‘ldi.

"Assalomu alaykum, aziz Yurtdoshlar! Xalq bilan muloqot qilish, ularning dard-u tashvishlarini o‘rganish, inson manfaatlarini ta’minlash har bir rahbarning ustuvor vazifasidir.

Siz bilan doimiy muloqotda bo‘lib, sog‘liqni saqlash sohasida Sizni qiynayotgan muammolarni hal etish maqsadida facebook ijtimoiy tarmog‘ida o‘z shaxsiy sahifamni ochdim", deyiladi vazirning bayonotida.

Vazir o‘z sahifasi orqali tibbiyot sohasidagi yangilik, reja, taklif, murojaat va munosabatlarni birgalikda muhokama qilishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Bosh vazir o‘rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘zining Facebook‘dagi rasmiy sahifasini ochgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?