Tibbiyot OTM bitiruvchilari vaziyat ogʻir boʻlgan hududlarga jalb qilinadi

14:27 28 Iyul 2020 Hujjatlar
237 0

“Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar va koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalardagi mavjud kichik va oʻrta tibbiy xodimlar vakant joylari tibbiyot taʼlim muassasalari bitiruvchilari, pensionerlar va boshqa tibbiyot mutaxassisligiga ega boʻlgan shaxslar orasidan toʻldiriladi.

Respublikadagi OTMlarning “Biologiya” taʼlim yoʻnalishini tugatgan bitiruvchilar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi va ularning hududiy filiallari, Andijon, Buxoro va Samarqand tibbiyot institutlarida virusologiya laboratoriyasining vrach-laboranti mutaxassisligi boʻyicha onlayn tarzda bir oylik qayta tayyorlash kurslarini oʻtaydi.

Karantin tadbirlari yakuniga qadar barcha tibbiyot OTMlarining davlat granti asosida tahsil olgan bitiruvchilari 1 yilgacha boʻlgan muddatga vaziyat ogʻir boʻlgan hududlarga jalb qilinadi.

Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi hududiy boʻlinmalarining tibbiy xodimlarini “valeolog” mutaxassisligiga qayta ixtisoslashtirish boʻyicha bir oylik qisqa muddatli onlayn kurslar tashkil qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?