Tibbiyot xodimlariga 19,6 mlrd.soʻm miqdorida maxsus ragʻbatlantirish pullari toʻlovi kechikkani aniqlandi

17:15 26 May 2020 Jamiyat
386 0

Illyustrativ foto

Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan koronavirus bilan kasallangan va karantinga olingan fuqarolar davolanayotgan sogʻliqni saqlash muassasalari hamda boshqa tashkilotlarning tibbiyot xodimlariga beriladigan ragʻbatlantirish pullarini toʻlanishi Moliya vazirligining nazoratida turibdi.

Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan joriy yilning 15-18-may kunlari koronavirus bilan kasallangan bemorlar davolanayotgan sogʻliqni saqlash muassasalari va bu jarayonda ishtirok etayotgan boshqa muassasalarda oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 32 ta tibbiyot muassasasida 932 nafar xodimga 19,6 mlrd.soʻm miqdorida maxsus ragʻbatlantirish pullari toʻlovi kechiktirganligi aniqlandi.

Masalan, Qashqadaryo viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasi tomonidan viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziga talabnoma oʻz vaqtida bermaganligi oqibatida, 21 nafar tibbiyot xodimiga ikkinchi 14 kun ish faoliyati uchun 373,6 mln.soʻm ragʻbatlantirish pullari oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi aniqlanib, joyida bartaraf etildi.

Xuddi shu kabi, Samarqand viloyat Yuqumli kasalliklari klinik shifoxonasi tomonidan tibbiyot xodimlariga ragʻbatlantirish pullari uchun talabnoma yuborilgan boʻlsa-da, viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi oʻrnatilgan tartibda tibbiyot xodimlar roʻyxatini tasdiqlab, mablagʻ ajratishga talabnomani viloyat moliya bosh boshqarmasiga taqdim etilmaganligi oqibatida 61 nafar tibbiyot xodimlariga 1,2 mlrd.soʻm ragʻbatlantirish pullarini toʻlanishida kechikish holatlari aniqlanib, koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida toʻlovlar toʻliq amalga oshirilishi taʼminlandi.

Bunday holatlar Xorazm viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziga 9 ta sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan 2020-yil 6-may kuni xodimlarga ragʻbatlantirish puli uchun talabnomalar berilgan boʻlsa-da, viloyat SEOM tibbiyot xodimlari roʻyxati va zarur mablagʻ 1,7 mlrd.soʻm uchun talabnomalar shakllantirilmaganligi oqibatida ragʻbatlantirish puli uchun mablagʻ oʻz vaqtida moliyalashtirmaganligi aniqlandi.

Andijon viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasi masʼullari tomonidan boshqa tibbiyot muassasalardan jalb etilgan tibbiyot xodimlariga ishlagan kunlari uchun tabellarni taqdim etilmaganligi oqibatida 80 nafar tibbiyot xodimlariga 1 711,7 mln.soʻm ragʻbatlantirish pullari oʻz vaqtida toʻlanmasdan qolgan.

Shu kabi Toshkent shahrining 5 ta tibbiyot muassasasi xodimlarining , tibbiyot xodimlariga 4 767,5 mln.soʻmlik ragʻbatlantirish pullari oʻz vaqtida toʻlanmaganligi aniqlandi.

Nazorat tadbirlarida aniqlangan holatlar bartaraf etilib, tibbiyot xodimlariga ragʻbatlantirish pullari oʻz vaqtida toʻliq toʻlanishi taʼminlandi — 932 kishiga 19,6 mlrd.soʻm.

Shuningdek, nazorat tadbirlarida koronavirus bilan kasallangan va karantinga olingan fuqarolari davolashda ishtirok etmagan xodimlarni ragʻbatlantirish puli roʻyxatiga asossiz kiritish va toʻlash holatlari ham aniqlandi. Asossiz va ortiqcha kiritilgan mablagʻlar oʻrgatilgan tartibda moliyalashtirishdan chegirib qolindi, asossiz toʻlab yubrilgan pullarni undirish choralari koʻrilmoqda.

2020-yilning 26-may holatiga koʻra, tibbiyot xodimlariga jami toʻlangan toʻlovlar miqdori 142 9 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?