The New York Times Oʻzbekistonni 2019 yilda tashrif buyurish kerak boʻlgan maskanlar roʻyxatiga kiritdi

11:51 10 Yanvar 2019 Welcome to uzbekistan
960 0

Buxoro | Arxiv foto

AQSHning yirik nashri The New York Timestalqiniga koʻra Oʻzbekiston 2019 yilda tashrif buyurish kerak boʻlgan joylar roʻyxatiga kiritildi.

Maqolada vizasiz rejimlarning joriy etilgani ham qoʻshni mamlakatlar bilan chegara punktlarining qayta ochilgani qayd etilgan.

“Agar siz qachondir Buyuk ipak yoʻli boʻylab sayohat qilishni istagan boʻlsangiz, hozir buning ayni vaqti. Ushbu tarixiy yoʻlda bir nechta jozibador hududlarga ega boʻlgan Oʻzbekiston va nihoyat, oʻz qayta qurishini boshdan kechirmoqda. Valyuta ayirboshlash boʻyicha eng yaxshi rasmiy kurslar va aviachiptalarni bron qilish hamda onlayn vizaga ariza berish imkoniyatlarini koʻp sonli modernizatsiya islohotlari qatorida koʻrsatib oʻtish mumkin.

Bundan tashqari, amerikaliklar va boshqa yuzga yaqin davlatlar fuqarolariga besh kunlik, Fransiya fuqarolariga esa bir oygacha muddatda vizasiz yurishga ruxsat berildi. Oʻzbekiston va Qozogʻiston turistlar uchun yagona Oʻrta Osiyo vizasini yaratish ustida ish olib boryapti. Mintaqaviy va havo tashuvlari darajasi, xususan, Xitoyning “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi sharofati bilan yaxshilandi. Sharqiy Osiyo va Yevropaga qadar mamlakatlarni birlashtiradigan ushbu loyihaga 800 milliard AQSH dollari ajratilgan.

Qolaversa, qoʻshni davlatlar bilan yana chegaralar ochildi, Markaziy Osiyo davlatlari poytaxtlari, jumladan, Toshkent va Dushanbe oʻrtasida parvozlar tiklandi, Nyu-York va Toshkent oʻrtasida xizmat qiladigan reyslar soni oshirildi. Qoʻshimchasiga, Toshkentda yangi “Hyatt Regency” mehmonxonasi ochildi. Yaqin yillar ichida yana boshqa bir qator xalqaro mehmonxonalar, xususan, birinchi togʻ-changʻi kurorti, Buxoroda yangi turistik zona yaratiladi”, deyiladi nashrda eʼlon qilingan maqolada.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq Britaniyaning eng mashhur nashrlaridan biri The Guardian Samarqandni 2019 yilda borish shart boʻlgan shaharlar qatorida sanab oʻtgandi.

Maʼlumot uchun, davlatimiz rahbari tomonidan yaqinda qabul qilingan “Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori yana bir muhim dasturilamalga amalga aylanadi. Zero, unda diyorimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlarni (2018 yilda) 5,3 mln.dan (2025) yilda 9 mln. nafarga oshirish, turistik xizmatlar eksportini (2018 yilda) 1 mlrd. AQSH dollaridan 2,2 mlrd. AQSH dollariga yetkazish; mehmonxonalar sonini (2018 yilda) 900 tadan (2025 yilda) 2994 taga koʻpaytirish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, chet ellik sayyohlar uchun viza rejimi yanada soddalashtiriladi. Hozirda 30 kunlik viza rejimi asosida 19 ta davlat fuqarolari Oʻzbekistonga tashrif buyurayotgan boʻlsa, joriy yilning 1 fevral kunidan bu roʻyxatga yana 45 ta davlat qoʻshiladi. Qolaversa, 76 ta davlatning fuqarolari Oʻzbekistonga elektron kirish vizasini olish imkoniyatiga ega boʻladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?