The New York Times delegatsiyasi yurtimizga tashrif buyurdi

12:56 07 Oktyabr 2019 Jamiyat
99 0

The New York Times gazetasi(AQSH)ning Times Journeys dasturi doirasida yurtimizga tashkiliy guruh tashrif buyurdi. Safar 6-16-oktyabr kunlari moʻljallangan.

U yoki bu mamlakat boʻyicha oʻxshash intellektual manfaatlarga ega ilm-fan, madaniyat namoyandalari, shifokorlar, diplomatlar uning tarkibidan joy olgan. Bu haqda TIV xabar berdi.

Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasi maʼlumotiga koʻra, mehmonlar orasidan The New York Times gazetasi jurnalisti ham joy olgan.

Mazkur tur ushbu guruhning 2019-yil boshidan buyon diyorimizga toʻrtinchi tashrifidir. Kelgusi yili yana toʻrtta shunday safar rejalashtirilgan.

Guruhga davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha yordamchisi oʻrinbosari, AQSHning Qozogʻiston va Tojikistondagi sobiq elchisi Richard Xougland boshchilik qilyapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?