“The Korea post” nashrida inson huquqlari boʻyicha Samarqand onlayn forumi haqida maqola chop etildi

15:54 12 Avgust 2020 Siyosat
260 0

Bugun Janubiy Koreyaning “ The Korea post” nashrida bugun, 12-avgust kuni oʻz ishini boshlaydigan “Yoshlar – 2020: global birdamlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari” Samarqand onlayn forumi haqida maqola chop etildi, deb xabar berdi “Dunyo” AA.

Maqolada taʼkidlanganidek, forum 12-13-avgust kunlari boʻlib oʻtadi. Tadbir Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan xalqaro sheriklar – BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissariyati, uning Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy vakolatxonasi, BMT Taraqqiyot dasturi, YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi (Oʻzbekiston), YEXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi va boshqa xalqaro sheriklar bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Nashr, tadbirda mahalliy va xalqaro ekspertlar, parlamentlar, sud va huquqni muhofaza qilish idoralari, hukumat idoralari va muvofiqlashtiruvchi organlar, inson huquqlari boʻyicha milliy va mintaqaviy institutlar, yoshlar tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining ming nafarga yaqin qatnashchilari va ommaviy axborot vositalari xodimlari onlayn tarzda ishtirok etishi kutilayotgani haqida xabar beradi.

Janubiy Koreya nashrida keltirilishicha: “Inson huquqlari boʻyicha Samarqand forumi – 2018-yil 22-23-noyabr kunlari boʻlib oʻtgan Osiyo forumining mantiqiy davomidir. BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning yoshlar huquqlari boʻyicha xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishni taklif qildi. Oʻzbekistonda ushbu hujjatni ishlab chiqish boʻyicha ishlar boshlandi. BMTning ”Yoshlar huquqlari toʻgʻrisida“gi xalqaro konvensiyasi loyihasi tayyorlandi va ushbu hujjat Samarqand forumi doirasida muhokama qilinishi rejalashtirilgan”.

Materialda Oʻzbekiston tashabbusi doirasida BMTning “Yoshlar – 2030” strategiyasining asosini tashkil etuvchi barqaror rivojlanish, inqirozning oldini olish va gender tengligini taʼminlash, inson huquqlarini amalga oshirish va tinchlik madaniyatini shakllantirishda yoshlar ijobiy rolini muhokama qilish uchun keng miqyosli tadbirlar oʻtkazish rejalashtirilgani xabar qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?