The Independent: “Yoʻqolgan dengiz tarixi”


Qurib borayotgan Orol dengizi muammosi, mana, necha yildirki, Markaziy Osiyo va butun dunyo jamoatchiligini xavotirga solib kelmoqda. Ushbu masalani hal qilish yoʻlidagi saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida 1992 yili mintaqa davlatlari tashabbusi bilan Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi tashkil etilgan.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrif buyurib, ushbu xalqaro tashkilot taʼsischi davlatlari rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etgani xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi. Ekspertlarning anjumanga oid munosabatlari bayon qilindi.
Buyuk Britaniyaning nufuzli “The Independent” gazetasida “Yoʻqolgan dengiz tarixi” nomli maqola chop etildi.
Britaniyalik jurnalistlarning fikricha, bir paytlar moviy dengiz boʻlgan Orol endilikda qurib borayotgan suv omboriga aylandi. Ushbu muammo shunchaki mahalliy miqyosdagi fojia emas, balki umumbashariy xavfdir. Orol hududidan koʻtarilgan tuzlar dunyoning turli davlatlari va mintaqalariga yetib borayotir.
1992 yili tashkil etilgan Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi faoliyatiga toʻxtalar ekan, nashrda mazkur tuzilma doirasida qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish, hudud aholisining yashash sharoitini yaxshilash, yer va suv resurslarini asrab-avaylash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilgani qayd etiladi.
Xitoy mediakorporatsiyasida tarqatilgan xabarda maʼlum qilinganidek, mintaqa davlatlari rahbarlari Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish, mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxshilash, suv resurslarini muvofiqlashtirgan holda boshqarish, bu borada mamlakatlararo hamkorlikni mustahkamlash masalalariga eʼtibor qaratdi.
AQSHning “The New York Times” gazetasida esa soʻnggi yillarda Orol atrofi xorijlik sayyohlarda tobora katta qiziqish uygʻotayotgani eʼtirof etiladi.
“Dunyoning turli nuqtalaridan kelgan mehmonlar bu yerdagi manzaradan hayratga tushmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur hududdagi kemalar yonida tushilgan rasmlar tobora ommalashayotir. Keyingi paytlarda bu yerda mehmonxonalar soni ortyapti. 14 sentyabrda Moʻynoqda elektron musiqa festivali oʻtkazilishi kutilmoqda”, deyiladi maqolada.
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonlik mashhur bokschi qonidan doping topilgan
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- GM Uzbekistan nomi oʻzgaradi
- Oʻzbekistonda Captiva oʻrniga ikki turdagi yangi avtomobillar ishlab chiqariladi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
- Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: