«Tez yordam»ning dori vositalari va tibbiy buyumlari ko‘paytiriladi

13:58 18 May 2018 Jamiyat
353 0

Bitta tez tibbiy yordam ko‘rsatish xizmati brigadasi uchun zarur bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlari ro‘yxatiga tuzatishlar kiritildi. Bu haqda Norma.Uz, Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘iga asoslanib, xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, avgust oyining ikkinchi yarmidan boshlab «tez tibbiy yordam» brigadasi ishi uchun zarur bo‘lgan ayrim tibbiy buyumlarga nisbatan yangi talablar amal qila boshlaydi.

Jumladan, har bir brigadaga kamida 20 juft bir marta ishlatiladigan qo‘lqoplar ajratiladi (hozir – 1 juft). Hajmi 2 g., 5 g. va 10 g. bo‘lgan shpritslar soni har bir turi bo‘yicha 5 donadan 10 donagacha oshiriladi.

Bundan tashqari, har bir brigada uchun zarur bo‘ladigan tibbiy paxta miqdori 100 grammni tashkil qiladi. Steril va nosteril bintlar 2 donadan bo‘lishi kerakligi belgilab qo‘yilgan.

Hujjat 16.08.2018 yildan boshlab kuchga kiradi.


 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?