Test sinovlarining oʻn oltinchi kuni qanday oʻtdi?

11:49 14 Avgust 2019 Jamiyat
72 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

DTM oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun oʻtkazilayotgan test sinovlarining oʻn oltinchi kuni haqida maʼlumot berdi.

2019-yil 14-avgust kuni respublika boʻyicha 5 ta hududda 1-smenadagi test sinovlari bir vaqtda soat 08:00 da boshlandi.

Test sinovlarida birinchi smenada jami 10 410 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan:

- 10 067 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etmoqda;

- 342 nafar abituriyent turli sabablarga koʻra test sinovlariga kelmadi;

- 1 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli hududga kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test sinovlari boʻlib oʻtayotgan hududlar:

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi;

2. Andijon viloyati;

3. Buxoro viloyati;

4. Xorazm viloyati;

5. Samarqand viloyati.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?