“Tespak” MCHJ “Sino”NING 88,8 foiz davlat ulushini sotib oldi

11:28 02 Oktyabr 2019 Jamiyat
77 0

Davlatimiz rahbarining 2019-yil 4-yanvardagi qaroriga asosan “SINO” AJ davlat aksiyalari paketini investorlarga tanlov asosida “nol” xarid qiymatida, korxonaning kreditorlar oldidagi qarzini toʻlash va faoliyatni sogʻlomlashtirish uchun investitsiyalar kiritish sharti bilan sotish belgilangan edi.

Shu asosda “SINO” AJ ustav kapitalidagi 88,8 foiz davlat ulushi quyidagi investitsiya majburiyatlarini bajarish sharti bilan tanlov savdolariga chiqarildi. Unga koʻra, investor 2 yil ichida 15,0 mln. AQSH dollari miqdorida sarmoya kiritish orqali 350 ta yangi ish oʻrni yaratishi va elektrotexnika, elektr maishiy mahsulotlar ishlab chiqarishi lozim edi.

Yaqinda ushbu davlat aktivlari boʻyicha tanlov savdosi boʻlib oʻtdi.

Hududiy tanlov komissiyasining qaroriga muvofiq, viloyatning turli hududlarida amalga oshirayotgan loyihalarining belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirayotgani bois, “Tespak” MCHJ tanlov gʻolibi deb eʼlon qilindi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish Agentligi axborot xizmati xabar berdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?