Termizda salkam 45 kg giyohvandlik moddasini sotayotgan Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olindi

14:33 06 Iyun 2018 Jamiyat
324 0
Foto: IIV

Surxondaryo viloyatida giyohvandlik moddasi sotayotgan Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, tezkor tadbir davomida, viloyatning Termiz tumanida Afg‘oniston Islom Respublikasi fuqarosi M.I. ikki dona polietilen qoplarga solingan jami og‘irligi 44 kg. 668 gr. bo‘lgan “opiy” giyohvandlik moddasini sotayotgani aniqlangan.

Ko‘rilgan choralar natijasida M.I. qo‘lga olindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?