Termizda harbiylar uchun qurilgan uylar oʻz egalariga topshirildi

14:02 14 Yanvar 2020 Jamiyat
462 0

“Xalq soʻzi ONLINE” Ilhom Rahmatov/Surxondaryo. Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tashkil topganining 28 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Termiz shahrida Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari uchun qurib bitkazilgan ikkita koʻp qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Yangi uylarni topshirish marosimida keng jamoatchilik vakillari hamda harbiy xizmatchilar, ularning oila azolari ishtirok etdi.

Tadbirda soʻz olganlar Qurolli Kuchlarimizni zamonaviy qurol-aslaha, zarur texnikalar bilan taʼminlash, harbiy xizmatchilarning jangovar shayligini oshirish barobarida ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularni uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlashdi. Bayram arafasida 60 nafar harbiy oilasiga yangi uylar kalitining topshirilishi ana shunday yuksak eʼtibor namunasidir.

Uylar ikki va uch xonali xonadonlardan iborat boʻlib, zarur jihozlar bilan taʼminlangan. Eng muhimi, uzoq muddatli kredit asosida yillik 7 foiz ustama bilan harbiylarga ajratilgan bu uylar uchun dastlabki 25 foiz boshlangʻich toʻlov davlatimiz tomonidan qoplab berildi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi T. Bobolov ishtirok etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?