Termiz shahrida viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi

16:01 20 Dekabr 2018 Jamiyat
287 0

Foto: “Xalq soʻzi Online”

“Xalq soʻzi Online”. Ilhom Rahmatov/Surxondaryo. Termiz shahrida viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, tibbiyot xodimlari, mehnat faxriylar ishtirok etishdi.

Foto: “Xalq soʻzi Online”

Qayd etilganidek, tibbiyot sohasini tubdan isloh qilish provardida koʻrsatilayotgan xizmat sifatini yaxshilanib, aholi salomatligini muhofazalash ishlari zamon talablariga moslashtirilmoqda.

Foto: “Xalq soʻzi Online”

335 oʻringa moʻljallangan tibbiyot markazi yangi binosini qurish va qoʻshimcha rekonstruksiya ishlari uchun davlat byudjetidan 17,5 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ sarflandi. Markaz urologiya, qizlar salomatligi, gastroentrologiya va nefrologiya boʻlimlarining samarali faoliyat olib borishlari uchun zarur jihoz va zamonaviy tibbiy apparatlar jihozlandi.

Foto: “Xalq soʻzi Online”

Markazning ochilish marosimida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Poʻlatov ishtirok etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?