Termiz shahrida mukammal taʻmirlangan matbuot uyi foydalanishga topshirildi

Shu munosabat bilan uyushtirilgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalliy va markaziy ommaviy axborot vositalari xodimlari, sohada uzoq yillar mehnat qilgan faxriylar ishtirok etishdi.
Tadbirda qayd etilganidek, tamomila yangi qiyofa kasb etgan matbuot uyi mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligi arafasida viloyat ijodkor ziyolilar uchun munosib tuhfa boʻldi. Toʻrt qavatli inshoot bundan oʻttiz yil muqaddam bunyod etilgan boʻlib, oʻtgan yillar mobaynida biror marotaba ham taʻmirlanmagani bois nochor ahvolga kelib qolgandi. “Santexgazmontaj” xususiy korxonasi tomonidan bu yerda amalga oshirilgan kapital taʻmirlash ishlariga 7 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ sarflandi. Binoning zamonaviy tashqi qiyofasiga mos ichki shart-sharoitlar ham bugungi davr talablariga moslashtirildi. Isitish tizimi bunyod etildi. Xonalar qattiq va yumshoq mebellar, qishda isitib, yozda sovitadigan konditsionarlar bilan jihozlandi. Bu yerda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish uchun ham qulayliklar muhayyo etildi. Birinchi qavatda matbuot anjumanlari oʻtkaziladigan keng va yorugʻ zal, kutubxona, kitob doʻkoni, ikkinchi qavatda majlislari zali yosh ijodkorlar toʻgaragi xonalari mavjud.

- Mamlakatimizda soʻz va matbuot erkinligi taʻminlanib, OAV xodimlari uchun yaratib berilayotgan bugungi shart-sharoitlarni koʻrib nihoyatda ruhlandim, -deydi mehnat faxriysi Abdulla Xolmirzayev. – Bugungi biz yangi davrda yashayapmiz. Hozirda jamiyatdagi yangilanish, tub islohotlar jurnalistlar zimmasiga ulkan vazifalarni yuklamoqda. Diyorimizda hamda dunyoda roʻy berayotgan voqeiliklarni tezkor yoritish, uni keng xalq ommasiga yetkazishda jurnalistlardan alohida faollik va hozirjavoblik talab etilayotir. Shu maʻnoda, oʻylaymanki, matbuot uyidagi qulay sharoitlar har qanday ijodkorni zamon bilan hamnafas faoliyat olib borishga undaydi.
Matbuot uyi binosida matbuot va axborot boshqarmasi,Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat boʻlimlari, “Surxon tonggi” va “Zarya Surxana” birlashgan tahririyati va boshqa bir qator davriy nashrlari qatorida respublika gazetalarining viloyatdagi muxbirlari uchun ham alohida xonalar ajratildi.
Ilhom RAHMATOV, “Xalq soʻzi” muxbiri.
Ko‘p o‘qilganlar
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
- Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.
- Yot andozalar, mavhum gʻoyalar, qurama tillar poytaxtimizning qiyofasi buzilayotganiga qachongacha jim qarab turamiz?
- Ixtiyor Abdullayev soʻnggi bir yilda ikki ogʻir operatsiyani boshdan kechirgan
- Toshkent shahrida 2005 — 2011 yillarda hokimlik qilgan Abduqahhor Toʻxtayev 2005 yili “Vuzgorodok”da nima boʻlganini aytib berdi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: