Tergovchiga 27.500 AQSH dollari miqdorida pora taklif qilindi

17:43 23 May 2019 Jamiyat
253 0

Illyustrativ foto

Andijon viloyati, Paxtaobod tuman prokuraturasi ish yurituvidagi jinoyat ishi yuzasidan fuqaro I.I. (1970 y.t.) jinoyat ishining oʻziga oid qismini ijobiy hal qilib berishi uchun jami 27.500 AQSH dollari taklif qilgan. Shundan 7.500 AQSH dollarini naqd shaklda hamda “J.S.K.” AJ hududidagi bozor narxi 20.000 AQSH dollariga teng boʻlgan savdo doʻkonini tergovchi aytgan fuqaro nomiga rasmiylashtirib berishni aytib pora taklif qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovchisi viloyat prokurori nomiga fuqaro I.I. unga pora taklif qilayotganligi toʻgʻrisida bildirgi bilan murojaat qilgan.

Fuqaro I.I. 21.05.2019 yilda tergovchiga kelishilgan 27.500 AQSH dollaridan 3.000 AQSH dollarini bergan hamda “J.S.K.” AJ hududidagi bozor narxi 20.000 AQSH dollariga teng boʻlgan savdo doʻkonini rasmiylashtirib berish uchun tergovchidan pasport nusxani olayotgan vaqtida viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan I.I.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?