“Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga OTMlarga oʻqishga kirishda 30 va 15 foizlik qoʻshimcha ballar beriladi

18:28 09 Dekabr 2019 Jamiyat
180 0

Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (973-son, 06.12.2019-y.) Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, “Oʻsmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash xamda Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilinishi munosabati bilan Hukumatning 10 dan ortiq qarorlariga oʻzgartirishlar kiritildi.

Xususan, Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilgan oʻzgartirishlarga asosan:

- oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga test sinovlarida toʻplagan ballarining 30 foizi miqdorida, respublikaning boshqa davlat OTMlariga oʻqishga kirishda esa toʻplagan ballarining 15 foizi miqdorida qoʻshimcha ball beriladi;

- “Temurbeklar maktabi”ni imtiyozli tugatganlarga, tarkibida ushbu maktab boʻlgan vazirlik va idoralarning tegishliligi boʻyicha oliy xarbiy yoki ixtisoslashtirilgan bilim yurtlariga test sinovlarisiz, harbiy professional tanlash natijasi boʻyicha kirish huquqi beriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?