Temiryoʻl vokzallaridagi bepul xizmat turlari aniqlashtirildi

17:50 17 May 2019 Jamiyat
300 0

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” bilan birgalikda yoʻlovchilarga temiryoʻl vokzallarida hamda yoʻnalish davrida koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlar roʻyxatini tasdiqladi.

Unga koʻra, yuk tashish aravachasini taqdim etish, kutish zalidagi Wi-Fi internet (2 soatgacha), nogironligi boʻlgan shaxslar uchun arava, telefon hamda noutbuklarni quvvatlantirish, shuningdek, tibbiyot markazi hamda kutubxona xizmatlari, yoʻnalish davrida choy, suv, shakar hamda kofe taqdim etish bepul boʻlishi lozim.

Reklama, yuklarni oʻrash hamda saqlash, VIP zal, sartaroshxona hamda boshqa xizmatlar pullik asosida koʻrsatilishi mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?