Temir yoʻl chiptasini sotib olishda kimlarga imtiyoz beriladi?

15:44 12 Yanvar 2019 Jamiyat
643 0

Adliya vazirligining Telegramm ijtimoiy tarmogʻidagi https://t.me/huquqiyaxborot rasmiy kanalida temir yoʻl chipta kassalarida chipta sotib olish boʻyicha alohida imtiyozlarga ega toifadalar roʻyxati eʼlon qilindi. Unga koʻra, quyidagilarga ustunlik beriladi:

  • 10 yoshgacha bolali yoʻlovchilarga, shuningdek, yoʻllanmalar boʻyicha sanatoriy-kurort davolanishiga borayotgan 10 yoshdan katta kasal bolalarni kuzatib borayotgan yoʻlovchilar;
  • Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimlari;
  • Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Adliya vazirligi xizmatchilari, xizmat koʻrsatish hududlari doirasida yoki xizmat safari guvohnomalarida koʻrsatilgan stansiyalargacha xizmat ishlari yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan yoʻlga chiqishlarda tibbiyot xodimlari, veterinariya va sanitariya nazorati xodimlari;
  • tasdiqlangan telegraf chaqiruvi bilan ketayotgan shaxslar;
  • avariya yoki yongʻinni bartaraf etish uchun safarbar qilingan “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “Oʻzdavneftgazinspeksiya”, gaz nazorati, gaz, kimyo, neft, neftni qayta ishlash va neft-kimyo sanoati, geologiya xizmatchilari.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?