Telegram orqali 2 ta ayfonning puliga chuv tushirib ketdi

17:49 28 Fevral 2019 Jamiyat
326 0

Shu yilning 17 fevral kuni Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida yashovchi X.T. (ismli ayol) IIBga murojaat qilib, unda internet tarmogʻidagi “Apple New” reklama sayti orqali oʻzini Qozogʻiston Respublikasi fuqarosi Jaden Guldana deb tanishtirgan shaxs uni aldagani haqida arz qilgan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Jaden X.T bilan Telegram messenjeri orqali gaplashib, 2 dona “iPhone XS” mobil telefoni sotib olsa, unga yana 1 dona mobil telefoni qoʻshib berishini aytib ishontirgan. 2018 yil 26 dekabr kuni X.T. bank orqali J.Guldanaga 1200 AQSH dollarini oʻtkazgan.

Lekin shu kunga qadar mobil telefonini ham, pullarini ham qaytarib ololmagan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, jinoyatni sodir etgan nomaʼlum shaxsni aniqlash va ushlash choralari koʻrildi.

IIV fuqarolarni chet eldagi notanish shaxslar internet orqali savdo-sotiqni amalga oshirishni taklif etsa unga aldanmaslikka chaqirgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?