Texnologiyalar rivoji 85 million kishini ishsiz qoldirishi mumkin

14:53 24 Oktyabr 2020 Dunyo
252 0

Yangi texnologiyalar rivoji 85 million ish oʻrnini jahon bozoridan siqib chiqarishi mumkin.

Bu haqda Butunjahon iqtisodiy forumining (BIF) “Ish oʻrinlari kelajagi - 2020” tadqiqotida qayd etilgan.

Unda taʼkidlanishicha, 2025-yilga kelib 85 million ish oʻrni jahon bozorini tark etishi mumkin. Biroq ularning oʻrniga odamlar, mashinalar va algoritmlarning oʻzaro taʼsiri nuqtayi nazaridan yangi texnologik sharoitlarga koʻproq moslashtirilgan 97 million yangi joylar keladi.

Hujjatda aytilishicha, yangi ish oʻrinlari sonining koʻpayishiga qaramay, oʻsish surʼati pasayishda davom etadi.

Maʼlumotlarga qaraganda, tadqiqot doirasida dunyoning 26 mamlakatidan jalb etilgan ish beruvchilar bilan suhbat oʻtkazilgan.

Unga koʻra, suhbat davomida ish beruvchilarning 43 foizi 2025-yilga kelib ish oʻrinlari sonini 43 foizga qisqartirishni, yana 41 foizi maʼlum bir vazifalar uchun pudratchilardan foydalanishni kengaytirishni va faqatgina 34 foiz ish beruvchilar xodimlar sonini oshirish niyatida ekanligini bildirgan.

Avvalroq, BIF jahon kompaniyalarining atigi 50 foizdan kamrogʻi masofadan turib ishlashga toʻliq oʻtishga tayyorligini maʼlum qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?