Tehronda O‘zbekiston-Eron savdo uyi ochildi

18:58 10 Aprel 2018 Iqtisodiyot
657 0

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Eron Islom Respublikasiga tashrifi doirasida bugun Tehron shahrida O‘zbekiston-Eron savdo uyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali marosimda O‘zbekiston Tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev va Eron Islom Respublikasi Sanoat, konlar va savdo vaziri o‘rinbosari Mojtab Xosrovtaj ishtirok etib, mazkur savdo uyi va doimiy faoliyat yurituvchi O‘zbekiston mahsulotlari shou-rumi o‘z ishini boshlaganini anglatuvchi tasmalarni kesib berdi. Tadbirda, shuningdek, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov va ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillari qatnashdi.

Savdo uyi “Uzsanoatexport” tashqi savdo aksiyadorlik jamiyati va Eronning “FawakehSompany” kompaniyalari tomonidan yaratildi.

Vazir Jamshid Xodjayev ta’kidlaganidek, savdo uyining asosiy vazifasi Eron bozorida O‘zbekiston mahsulotlarini keng miqyosda ilgari surishdir. 
Bu haqida O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?