TDYUUda korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi yoʻlga qoʻyiladi

18:22 18 Sentyabr 2020 Jamiyat
77 0

Toshkent davlat yuridik universitetida Oʻzbekistondagi CERT Group tashkiloti bilan hamkorlik masalalariga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazildi.

Unda TDYUU rektori Rahimjon Hakimov, CERT International s.r.o ning mamlakatimizdagi bosh vakili Riad Ibragimov, universitet prorektori Dilshod Umarov hamda Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshligʻi Oybek Yakubov ishtirok etdi.

Uchrashuvda TDYUUda “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi”ni yoʻlga qoʻyish va faoliyatini takomillashtirish borasida fikr-mulohaza almashildi, taʼlim sohasidagi hamkorlikka doir qator masalalar muhokama etildi. Bu yoʻnalishda amalga oshiriladigan ishlar xususida maʼlumot berildi.

Tadbir davomida universitet faoliyatini poraxoʻrlik va korrupsiyaga qarshi kurashish standartlarga moslashtirishi, bu borada yangicha tizimni yaratishga qaratilgan turli kelishuvlarga erishildi.

Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” boʻyicha ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikatini qoʻlga kiritish strategiyasi muhokama qilinib, aniq yoʻnalishlar belgilab olindi.

Aytish joiz, ushbu xalqaro standart sertifikati korrupsiya holatlarining oldini olish, aniqlash, zarur choralarni koʻrish hamda uning xavfini kamaytirishga yoʻnaltirilgan aniq va samarali chora-tadbirlarni amalga oshirgan tashkilotlargagina beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?