TDYUU : “Bunday imidj hech kimga kerak emas”

09:23 26 Avgust 2019 Jamiyat
857 0

TDYUU: “Afsuski, tom maʼnoda yuridik universitet koʻp yillar davomida noqonuniy sxemalar va turli yoʻllar orqali hal qilinadigan korrupsiyalashgan muassasa sifatida qabul qilinadi”

Toshkent davlat yuridik universiteti korrupsiya haqidagi jamoatchilik fikri harakat uchun kuchli signal ekanligini taʼkidladi.

Binobarin, TDYUU oʻz tizimida korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha olib borilayotgan ishlar, universitet imidji haqida quyidagilarni maʼlum qildi:

“Jamiyatning maʼlum bir soha boʻyicha korrupsiya haqidagi fikri ushbu illatga qarshi jiddiy va tizimli choralar koʻrish uchun kuchli signal sanaladi. Bunday baholashni amalga oshirishda jamoatchilik, avvalo yangiliklar, mish-mishlar va boshqa xabarlar asosida yillar davomida toʻplangan maʼlumotlarga tayangan holda, imidj sifatida shakllanib kelgan, korrupsiya darajasini anglashidan kelib chiqadi.

Afsuski, tom maʼnoda yuridik universitet koʻp yillar davomida noqonuniy sxemalar va turli yoʻllar orqali hal qilinadigan korrupsiyalashgan muassasa sifatida qabul qilinadi. Shubhasiz, yuridik universitetning bu jamoatchilik tushunchasini oʻzgartirish va imidjni yangilash uchun koʻp vaqt va haqiqiy kuch talab etiladi.

Bunday imidj hech kimga kerak emas va korrupsiyaga qarshi kurash universitet rivojlanishining hozirgi bosqichidagi eng muhim vazifasidir.

Oʻz navbatida, Toshkent davlat yuridik universitetida korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida jamoatchilikka ham maʼlumot berish maqsadga muvofiqdir.

Universitet tashkil qilingan 2013-yil iyun oyining ilk kunidan boshlab, to bugungi kunigacha korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha koʻplab tadbirlar amalga oshirildi. Bularning barchasi sobiq institutning hamma xodimlarini, shu jumladan professor-oʻqituvchi tarkibini attestatsiya qilinishidan boshlandi. Natijada, professor-oʻqituvchi tarkibining uchdan bir qismi ishdan boʻshatildi va oʻz lavozimini saqlab qolganlarning aksariyati, qatʼiy profilaktika ishlarini amalga oshirish nuqtayi nazaridan shartli ravishda olib qolindi.

Oʻz navbatida, universitet, asosan xorijda tahsil olgan istiqbolli yosh kadrlar bilan toʻldirildi.

TDYUU toʻlaqonli ravishda shuni bilardiki, xodimlarning tozaligi bilan bir qatorda, korrupsiya namoyon boʻlishiga olib keladigan omillarni bartaraf qilish yoki minimal darajada kamaytirish juda muhim masalalardan biri edi. Shu munosabat bilan universitet taʼlim sifatini oshirish va korrupsiyaning oldini olish boʻyicha diqqatga sazovor choralar amalga oshirildi”.

Bayonotda shu kunga qadar, TDYUU faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan 55 normativ-huquqiy aktlar, shu jumladan davlat rahbarining 5 ta, hukumatning 19 ta hujjati qabul qilingani qayd etilgan.

“Bularning barchasi universitetda mutlaqo yangi muhitni yaratish va oʻrnashib qolgan taʼlim standartlarini oʻzgartirishga yoʻnaltirildi. Bu, albatta, mavjud “eskilik sarqitidagi” vaziyatga koʻnikib qolganlarni “gʻazablantirdi”, - deyiladi maʼlumotda.

“I. TDYUU ga qabul qilish

1. 2017-yilgacha test sinovlari eski tizim boʻyicha maktablarda, litsey va kollejlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanmasdan, qabul paytida turli huquqbuzarliklarni sodir etilishiga sharoit yaratilgan holatda oʻtkazilardi. Shunday boʻlsa-da, oldindan koʻrilgan profilaktika choralari tufayli universitet xodimlarining ushbu jarayonlarga aralashgani toʻgʻrisida biror bir dalil topilmagan.

2. 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab, aynan TDYUU tashabbusi bilan test sinov tizimida birinchi marta eski test sinovlarini oʻtkazishdan voz kechilgan holatda, shaffoflik tizimiga oʻtildi. Sinovlar katta pavilyonlarda keng jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari va davlat idoralari, shu jumladan Prezident Administratsiyasi, prokuratura va bojxona organlari xodimlari ishtirokida tashkil etildi. Bularning barchasi Internetda real vaqt rejimida (on-layn) translyatsiya qilindi. Keyingi oʻquv yilidan boshlab, ushbu ijobiy amaliyot boshqa universitetlarga ham tatbiq etildi.

3. 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab, TDYUU yanada ilgarilab, aynan, oʻqishga qabul qilish uchun hujjatlarini davlat xizmat markazlari orqali qabul qilib, joriy qilingan vaziyat abituriyentlar uchun qulayliklar yaratish bilan bir qatorda, universitet xodimlari bilan vizual aloqani cheklash orqali korrupsiyaga qarshi qoʻshimcha chora boʻlib xizmat qildi.

II. Talabalar bilimini baholashning obyektiv (xolis) mexanizmi

1.Birinchi bor talabalarning oʻqituvchi bilan vizual aloqani kamaytirishga, talabalarning bilimini anonim shaklda xolis tekshirishni taʼminlashga qaratilgan mexanizm yaratildi. Shu maqsadlarda aksariyat imtihonlar identifikatsiya kodlarni qoʻyish orqali yozma shaklga oʻtkazilgan. Bu tizim rivojlangan mamlakatlarda keng qoʻllanadi.

2.Boshqa OTMlardan farqli oʻlaroq, talabalar bilimini baxolash jarayonlari dekanatlar tomonidan (bevosita rektorga boʻysungan) emas, balki markazlashtirilgan holda TDYUUning mustaqil boʻlimi boʻlgan oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan amalga oshiriladi.

Alohida taʼkidlash lozimki, ushbu bir-birini tiyib turish tartibi “barcha masalalarni hal qilishni” bitta shaxs tomonidan amalga oshirishni inkor etadi. Demakki, korrupsion harakatlarni sodir etish xavfi juda kam.

3. Baholash jarayonida talaba va oʻqituvchi orasidagi vizual aloqani kamaytirish maqsadida “reyting daftarchasi” tartibi bekor qilinib, bahoni qayd etishning elektron shaklini yuritishga oʻtilgan. Shuningdek, ushbu holat talabalar oʻzlashtirishini real vaqt rejimida kuzatib borish imkonini beradi.

4. 6 yillik faoliyat mobaynida TDYUUda yuridik kasbga fidoiy boʻlmagan va universitetga “tasodifan” kelib qolgan talabalarni oliygohni bitirishini minimallashtiradigan muhit yaratilgan.

Xususan, oʻtgan 6 yil mobaynida 443 nafar talaba oʻqishdan chetlatilgan, jumladan 70 nafari oʻz xohishiga koʻra, 301 nafari akadem qarzdorligi tufayli, 37 nafari koʻp dars qoldirgani uchun va 35 nafari ichki tartib-qoidalarni buzgani uchun. Bundan tashqari, 94 nafar talaba oʻzlashtira olmaganligi sababli kursdan kursga qoldirilgan, har yili 70-80 nafar talaba davlat imtixonidan oʻta olmaydi. Bu raqamlar boshka boshqa oliy taʼlim muassasalari bilan solishtirib boʻlmaydigan darajada kamdir.

Agar universitetda korrupsiya avj olganda raqamlar buni koʻrsatmasdi. Bu talabalar oʻz muammolarini korrupsiya yoʻli bilan hal qilgan boʻlar edi. Imtihondan oʻtolmagan talaba va ularning ota-onalari bemalol universitet rahbariyatiga hamda tegishli davlat organlariga murojaat qilishlarini alohida taʼkidlash lozim. Oʻz murojaatlarida ular korruspiya mavjudligini koʻrsatmagan.

III. Talabalarning anonim murojaat va soʻrovlari

1. Telegramm ijtimoiy tarmogʻida korrupsiya faktlari boʻyicha talabalarning anonim murojaatlari uchun maxsus bot yaratilgan.

Xuddi shunga oʻxshash kanal Adliya vazirligida ham yaratilgan, yaʼni manfaatdor shaxslar vazirga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilishlari mumkin.

Bugungi kunga qadar koʻrsatilgan kanallarga TDYUU xodimlarining korrupsion xatti-harakatlari boʻyicha biron-bir asosli shikoyat tushmagan.

2. Vaqti-vaqti bilan talabalardan, jumladan korrupsiyaga doir anonim soʻrovnoma oʻtkazib turiladi.

Xususan, 2018-yil oktyabr oyida taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan universitetni akkreditatsiya qilish davomida oʻqituvchilarning maʼnaviy-axlokiy sifatlari boʻyicha 208 talabadan soʻrov oʻtkazildi. Atigi 3,4 foiz respondentlar taʼmagirlik mavjudligini qayd qilganlar. Maʼlumotlarga qaraganda mazkur koʻrsatkich boshqa oliy taʼlim muassasalarinikidan ancha past.

2019-yil may oyida Adliya vazirligi tomonidan korrupsion huquqbuzarliklarning olidini olish maqsadida 710 talaba (25%) ishtirokida anonim soʻrovnoma oʻtkazildi. Soʻrov natijalariga koʻra 90 foiz respondentlar shaxsan korrupsion xatti-harakatlarga toʻqnash kelmaganini qayd etganlar.

Umuman olganda bugungi kungacha TDYUUga huquqni muhofaza qilish organlaridan universitetda korrupsiya alomatlari mavjudligiga oid biron maʼlumot yoki eʼtiroz kelib tushmagan. Gap faqat oldini olish haqida borgan.

IV. Xodimlarning moddiy taʼminoti

Boshqa oliy taʼlim muassasalaridan farqli tarzda TDYUUda Prezident qarorlari bilan oylik ish haqiga 200 foizgacha miqdorda maxsus ustama haqlar joriy qilingan. Bundan tashqari ular adliya organi xodimi sifatida (50 foizgacha) toifa darajalari uchun hamda xizmat yillari uchun (40 foizgacha) haq olishadi. Koʻrsatib oʻtilgan toʻlovlar oshirilgan toʻlov kontraktdan tushgan mablagʻ hisobiga amalga oshiriladi.

Moddiy taʼminlashning mazkur choralari, ayniqsa oxirgi uch marta oshirilgan ish haqi (01.09.2018-yilda 25%, 01.01.2019-yilda 20% va 01.07.2019-yilda 25%) ish sifatini yaxshilash uchun kuchli turtki vazifasini oʻtadi. Bunday sharoitdagi faoliyat TDYUU xodimlarining korrupsion xatti-harakatini oldini oladi.

Qabul qilinayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan hech kim eʼlon qilingan ijtimoiy soʻrov natijasida korrupsiya yengildi yoki bartaraf etildi deya olmaydi.

Toshkent davlat yuridik universiteti, Oʻzbekistonning barcha fuqarolaridan bevosita universitetga Adliya vazirligiga yoxud boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organiga universitetning rahbariyati, oʻqituvchilari, boshqa xodimlar faoliyatidagi korrupsiya faktlariga aloqador har qanday maʼlumotni taqdim qilishni soʻraydi.

Telegram-bot (antikorbot) yoki Adliya vazirligining maxsus platformasidagi rasmiy saytidan foydalanishingiz mumkin.

Yubrilgan maʼlumotlar koʻrib chiqiladi va muallifning shaxsi qatʼiy ravishda sir saqlanishi kafolatlanadi. Bunday maʼlumotlar jazo muqarrarligini taʼminlaydi va universitetda sogʻlom muhitni yaratadi”, - deya taʼkidlab oʻtilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?