TDYUU bitiruvchisi dunyo boʻyicha 20 nafar talabaga beriladigan stipendiyani qoʻlga kiritdi.

12:32 19 Sentyabr 2020 Jamiyat
97 0

Toshkent davlat yuridik universiteti bitiruvchisi Saidkomil Ibodullayev Glazgo universiteti (Buyuk Britaniya)ning “Xalqaro huquq” dasturi boʻyicha 2020 — 2021 oʻquv yilida magistratura bosqichida tahsil olish uchun oʻtkazilgan tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtdi. Shuningdek, u mazkur universitet prezidentining dunyo boʻyicha 20 nafar talabaga beriladigan stipendiyasini ham qoʻlga kiritdi.

Eng quvonarlisi, TDYUU rektorining buyrugʻiga asosan Saidkomilning mazkur nufuzli taʼlim muassasasida oʻqish va turar joy xarajatlari universitet tomonidan moliyalashtiriladigan boʻldi. U oʻqishni tugatib qaytganidan soʻng Toshkent davlat yuridik universitetida faoliyat yuritadi.

Maʼlumot uchun, Glazgo universiteti (University of Glasgow) 2020-yilda "QS World University Rankings” reytingida 67-oʻrinni egallagan. Oliygoh Buyuk Britaniyada Oksford va Kembrij universitetlaridan keyingi eng yaxshi huquq fakultetiga ega oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?