Tajovuzkor virus tufayli Vyetnamda 15 mingdan ortiq odam karantinga olindi, mamlakat yana karantinga qaytmoqda

22:50 28 Iyul 2020 Dunyo
340 0

Tajovuzkor virus tufayli Vyetnamda 15 mingdan ortiq odam karantinga olindi, mamlakat yana karantinga qaytmoqda

Soʻnggi kunlarda Danang shahrida tarqalgan virus tufayli bilan bogʻliq holatlarning paydo boʻlishi hamda infeksiyani yuqtirgan bir nechta odamning mamlakatga kirib kelishi tufayli Vyetnamda 15 mingdan ortiq odam karantinga olindi.

Bu haqda “VNA” Vyetnam davlat axborot agentligi xabar berdi.

«Hozirgi vaqtda 15 033 kishi virusni yuqtirgan insonlar bilan bilan aloqada boʻlganliklari yoki Vyetnamga yuqtirish xavfi yuqori boʻlgan hududlardan kelganliklari sababli karantinga olingan», deyiladi xabarda.

Maʼlum qilinishicha, 322 kishi kasalxonalarga, 12.458 kishi davlat karantin markazlariga, 2253 kishi esa uy karantiniga joylashtirilgan.

Seshanba kuni mahalliy vaqt soat 06.00ga qadar Vyetnamda yangi yuqtirish holatlari qayd etilmadi, deya xabar beradi agentlik.

Dushanba kuni Vyetnam hukumatining internet-portali Danang va uning atrofidagi viloyatlarda 15 kishi “koronavirus infeksiyasi” tashxisi bilan kasalxonalarga yotqizilganligi, ammo ulardagi alomatlar mamlakatda ilgari aniqlanmagan koronavirusning yangi turi ekanligini maʼlum qildi.

Natijada Vetnam hukumati Danangga dam olishga boshqa viloyatlardan kelgan 80 ming sayyohni evakuatsiya qilishni boshladi.

Bundan tashqari, hukumatning buyrugʻiga binoan iyul oyining oxiri — avgust oyining boshlarida Danangda dam oladigan sayyohlar boshqa kurort zonalariga yoʻnaltirilmoqda.

Soʻnggi kunlarda yangi zararlanish holatlari aniqlangan Danang va uning atroflarida infeksiyaning tarqalish xavfi yuqori boʻlgan bir necha joylar toʻsib qoʻyildi. Shuningdek, 30 dan ortiq odam yigʻilishi, ommaviy tadbirlar, tantanalar va sport musobaqalarini oʻtkazish taqiqlandi, majburiy niqob rejimi va ijtimoiy masofa choralari qayta kuchga kirdi.

Virusning yangi turi, ilk kuzatuvlar va vyetnamlik shifokorlar tomonidan olib borilgan dastlabki tadqiqotlarga koʻra, Vyetnamda ilgari maʼlum boʻlgan koronavirus infeksiyasiga qaraganda ancha tajovuzkor boʻlib, tez tarqalish va bemorlarni birdan ogʻir ahvolga keltirib qoʻyish xususiyatiga mumkinligi aniqlangan.

https://www.worldometers.info sayti maʼlumotiga koʻra, 22-iyuldan 28-iyulga qadar mamlakatda 37 yangi zararlanish holati qayd etilgan.

Bungacha Vyetnamda uch oydan oydan koʻproq vaqt davomida koronavirus bilan bogʻliq holatlar qayd etilmagan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?